Anor

admin 19 , 2009 06:13 Uzbek Language : 1   
Anor

Anor


ABDULLA QAHHOR
1907 - 1968


Ozbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qoqonning Komir bozori mahallasida temirchi oilasida tugildi. Yozuvchi bu haqda oz tarjimai holida shunday yozgan: Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qoqonning Komir bozori mahallasida tugilganman. Otam temirchi edi.

Uning bolaligi Qoqon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda, Olqor, Oqqorgon singari qishloqlarda otadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda oqiydi, keyin Oqqorgondagi jadid maktabida, Qoqondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qoqonda ochilgan oqituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. U 1926, yilda SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar Orta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida oqnydi. Umri davomida barakali ijod qildi, Qizil Ozbekiston, Mushtum, xotin-qizlar gazetasi Yangi yol da Nish, Norin Shilpiq, Mavlono Kufur, Guluyor, Erkaboy, E-boy imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni oziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi.

ASARLARI:


Qishloq hukm ostida (1932, ilk kitobi), Sarob romani, Hikoyalar toplami, Kampirlar sim qoqdi, Xotinlar, Ogri, Bemor, Anor, Sinchalak, Qoshchinor chiroqlari (1951, dastlab Qoshchinor deb nomlangan. Bu asarda Ozbekistonda jamoa xojaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan. Asar haqida A. Qahhor shunday yozadi: Men oz topidan ayrilib, keyinda qolgan batrak-songgi batrakning osha yangi yolga chiqib olguncha boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi boldim. Biroq ozimga bogliq bolmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim... romanni tanqid xush qabul qabul qilgan bolsa ham, tabimdagi kitob emas), Shohi sozana (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida ozini sinab kormoqchi bolib, Mirzacholdagi bir jamoa xojaligiga kochib borgan), Ogriq tishlar (1954), Tobutdan tovush (1962, keyingi nomi Songgi nusxalar, poraxorlik illati fosh qilingan), Ayajonlarim (1966), Otmishdan ertaklar (1964), Muhabbat (1966), Mahalla, Tomoshabog, Millatchilar, Adabiyot muallimi, Zilzila (tugallanmay qolib, uning vafotidai song nashr etilgan) va boshq.


Anor


ANOR


Uylar tola non, och-nahorim bolam,
Ariqlar tola suv, tashnai zorim bolam.

Otmishdan


Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joxori tuyayotgan xotini uning qolidagi tugunchani korib, kelisopni kelining ustiga qoya chopdi. Keli lapanglab aganadi, chala tuyilgan joxori yerga tokildi. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi:
Akajon, degin!
Akajon! Jo-on aka!..
Nima berasan?
Umrimning yarmini beraman!..
Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning ozida, eshik oldida otirib tugunchani ochdi-da, birdan boshashib ketdi va sekin boshini kotarib eriga qaradi. Oz qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning kozini jiqqa yosh korib:
Nima ekanini bildingmi?dedi. Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas shimsa ham boladi, chaynasa ham boladi.
Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi.
Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya!dedi Turobjon
keltirgan matoini titkilab. Mana, chaynab kor! Korgin, bolmasa innaykeyin degin...
Turobjon qizardi. U bir zamon betob ortogini yoqlab eltgan tarvuzini, bemaza chiqqan bolsa kerak, sigirning oxurida korib shunday xijolat bolgan edi.
Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk tokilgan joxorini iskab kordi, maqul bolmadi shekilli, Turobjonga qarab shikoyagomuz myau dedi.
Tur, joxoringga qara! Uni kor, mushuk tegdi.
Xotin turayotib baralla yiglab yubordi.
Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday
gulutaga, tuzga, kesakka boshqorongi bolsam-chi!
Turobjon doppisini boshidan oldi va qoqmoqchi bolganida kozi yirtiq yengiga tushdi, yuragi achidi: endi uch-tort suv yuvilgan yangigina yaktak edi!
Axir, boshqorongi bol, evida bol-da!dedi doppisini qoqmasdan boshiga kiyib. Anor, anor... Bir qadoq anor falon pul bolsa! Saharimardondan suv tashib, otin yorib, ot yoqib bir oyda oladiganim on sakkiz tanga pul. Akam bolmasa, ukam bolmasa...
Er-xotin tek qolishdi. Xotin joxorini tuyib boldi, uni kelidan togorachaga solayotib tongilladi:
Havasga anor yeydi deysiz, shekilli...
Bilaman... Axir, nima qilay? Xojayinimni oldirib pulini olaymi, ozimni hindiga garov qoyaymi? Galatimisan ozing?
Xotin ovqatga unnadi, erining boshqorongi bol, evida bol-da, degani unga juda alam qildi, xorligi keldi, opkasi toldi.
Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan gojaga qatiq ham rang kirgizolmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. Uning imillashini korib Turobjonning koziga negadir oqsoq mushuk korindi. Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. Uning avzoyidan esiz joxori, qatiq, otin degan manoni anglab xotin, kongli tortmasligiga qaramasdan, kosani boshatdi, ammo darhol tom orqasiga otib kozlari qizargan, chakka tomirlari chiqqan holda qaytdi.
Hali tugilmagan bolani yer yutkur deding-a, dedi Turobjon borgan sayin tutaqib.
Xotin indamay dasturxonni yigishtirib oldi, qozonga suv quyayotib, eshitilar-eshitilmas dedi:
Osha asalning puliga anor ham berar edi.
Berar edi! dedi Turobjon zaharxanda qilib. Anor olmay asal oldim!
Albatta berar edi! Albatta anor olmay, asal olgansiz!
Mana shunday vaqtlarda til qotib ogizda aylanmay qoladi, mabodo aylansa, mushtning xizmatini qiladi.
Ajab qildim, dedi Turobjon titrab, jigarlaring ezilib ketsin!
Bu soz unga qanday tasir qilganini faqat boshqorongi xotingina biladi. Turobjon bu gapni aytdi-yu, xotinining ahvolini korib achchigidan tushdi, agar izzat-nafs qoysa hozir borib uning boshini silar va: Qoy, xafa bolma, jahl ustida aytdim, der edi.
Kishining yuragini qon qilib yuborasan, dedi anchadan keyin. Nainki men asal olsam! Asal otliqqa yoq, hali biz piyoda-ku! Xojayinga bir oshnasi sovga qilib kelgan ekan, bildirmasdan... ozidan sorab oz-rogini oldim... Ozi berdi. Tansiq narsa, xursand bolarmikansan debman. Yo tansiq emasmi? Umringda necha marta asal yegansan? Ozim umrimda bir marta yeganman: Shokirxoja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jojasi tushib ketgandi, shu jojani yalaganman...
Turobjonning bu sozlari xotinining qulogiga notayin bir guldirash bolib kirar edi. Uning Turobjon bilan uy qilganiga uch yil bolib kelayotir, nazarida, bu odam shu uch yildan beri guldirab kelgan, hozirgisi shuning davomiday edi. Ittifoqo, bu kun, nima boldi-yu, uch sozni ravshanroq aytdi: Jigarlaring ezilib ketsin, dedi. Olamda uning suyangani eri, birdan bir orzusi anor edi, birdaniga har ikkisi ham yoqqa chiqdi.
Xotin uyga kirib ketdi. Anchadan keyin darchadan xira shula tushdi. Turobjon ham kirdi. Xotin darcha yonida, bir tizzasiga boshini qoygan, qoramtir kul-rang osmonga qarab otirar edi. Turobjon tikka turib qoldi. Tokchadagi beshinchi chiroq pixillab yonar, uning atrofida katta bir parvona aylanar edi. Turobjon ham darcha yoniga otirdi. Shiftning qaeridir qirs etdi, qaerdadir kaltakesak chirqilladi, Turobjonning qulogi jingilladi. U ham osmonga xira yulduzlarga qaradi. Masjiddagi keksa baqaterak orqasidan kotarilgan qizgish ot kokka olovli iz qoldirib juda yuqoriladi va goyo osmonga urilganday chilparchin bolib, pop etdi.
Mushak, dedi Turobjon, Mullajon qozining bogida. Mullajon qozi beshik toyi qilgan.
Xotin indamadi.
Shahardan toralar ham chiqqan, dedi Turobjon yana.
Xotin yana indamadi. U Mullajon qozining bogini korgan emas, ammo tarifini eshitgan. Bu bogni koz oldiga keltirib kordi: bog emas, anorzor... Anor daraxtlarida anor shigil, choynakday-choynakday bolib bolib osilib yotipti.
Bitta mushak uch miri, dedi Turobjon, yuzta mushak otilsa... bittangadan yuz tanga. Bir miridan kam yetmish besh tanga boladi.
Er-xotin uzoq jim qolishdi. Turobjon ogzini katta ochib ham esnadi, ham uf tortdi.
Ma, buni tik, dedi u yaktagini yechib, ma!
Xotin yaktakni olib yoniga qoydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi.
Bol, dedi Turobjon, birpasdan keyin, ol... Senga aytyapman!..
Ha, muncha!.. Turtmasdap gapira bering... Tikib qoyarman, muncha qistov...
Turobjonning tepa sochi tikka boldi.
Hay, sening dimog-firoging kimga! Xosh, nima deysan?
Men sizga bir narsa deyapmanmi? Tikib qoyarman.
Har narsaga rozgor achchiq bola bersa... qiyinroq bolar, dedi Turobjon yaktagini kiyayotib, kambagalchilik...
Kambagalchilik olsin!
Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjop buni tana deb tushundi.
Nima, men seni olganimda kambagalligimni yashirganmidim? Erkaboyga oxshab chimildiqqa birovning toni, kavush-mahsisini kiyib kirganmidim? Bunday armoning bolsa hali ham serpulroq odamga teg.
Ikkita anor uchun xotiniigizni serpul odamga oshirgani uyaling!
Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. Jigarlaring ezilib ketsin degani xotiniga qancha alam qilgan bolsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi.
E, hoy, anor olib bermadimmi? dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu mayin tovushdan qorqqulik edi, sira anor olib kelmadimmi?
Yoq! dedi xotini birdan boshini burib.
Turobjonnipg boshi govlab, kozi tindi.
Otgan bozor kuni yegan anoringni oynashing olib kelganmidi?!
Oynashim olib kelgan edi!
Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, songra ornidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; ozini obrezning oldida kordi. Xotin, rangi oppoq, kozlarini katta-katta ochib unga vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi:
Qoying... Qoying...
Turobjon uydan chiqib ketdi. Birpasdan keyin kocha eshigi ochilib-yopildi.
Xotin uzoq yigladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon boldi, ozini qargadi, olim tiladi; yigidan tolib tashqariga chiqdi. Qorongi, uzoq-yaqinda itlar hurar edi.
Kocha eshigini ochib u yoq-bu yoqqa qaradi jimjit. Guzar tomonda faqat bitta chiroq miltillar edi. Samovarlar yotgan. Qaytib uyga kirdi.
Tom orqasida xoroz qanot qoqib qichqirdi. Kocha eshigi ochildi. Xotin to burilib qaraguncha Turobjon katta bir tugunni orqalab kirib keldi. U tugunni uyning ortasiga tashladi. Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi. Turobjon xotiniga qaradi. Uning rangini korib xotin qorqib ketdi bu qadar oqargan! Turobjon otirib peshonasini ushladi. Xotini yugurib oldiga keldi va yelkasiga qolini qoydi.
Qayoqqa bordingiz? dedi entikib. Nima qildingiz?
Turobjon javob bermadi. Uning vujudi titrar edi.

1936


Anor - Audiokitob
Author: Abdulla Qahhor
Artist:O'zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov
Publisher: Turkiston Kutubxonasi
Publication date: 2009
Format / Quality: MP3
Size: 11 Mb
Time:0.11.37
Language:Uzbek

! .

! .

! .


Password: turklib

NB: ! myDownloader DepositFiles, Rapidshare, HotFile .

? ? : Bookmark and Share
html-c:

BB-c:

:

             

  • 85
 (: 1)
:  11142
: 0
: 0
broken link

, , .

  •   -